Kokorin va Mamaev 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin

  • 11.10.2018 11:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundan bir necha kun avval Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi hujumchisi Aleksandr Kokorin hamda "Krasnodar" yarim himoyachisi Pavel Mamaev Rossiyaning Birinchi kanal boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisini Vitaliy Solovchuk va avtomobil sanoati departamenti direktori Denis Pakni do‘pposlashgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra ushbu ikki futbolchi mamlakat jinoyat kodeksining 213 modda 2-qismida ko‘rsatilgan bezorilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanishmoqda. Endi ular 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!