Zo‘ravon futbolchilar qamoqqa olindi, bugun ular ustidan tergov boshlanadi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi hujumchisi Aleksandr Kokorin hamda "Krasnodar" yarim himoyachisi Pavel Mamaev politsiya tomonidan qo‘lga olindi.
Xabarlarga qaraganda politsiya bugun ushbu ikki zo‘ravon futbolchilarni so‘roqqa tutishni boshlaydi.
Ta’kidlash kerakki, Kokorin va Mamaev hamda uning do‘stlari kecha Rossiyaning Birinchi kanal boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisini Vitaliy Solovchuk va avtomobil sanoati departamenti direktori Denis Pakni do‘pposlashgan edi.
Qayd etish lozimki, “Zenit” ham, “Krasnodar” ham ushbu holatdan so‘ng har ikkala futbolchi bilan ham shartnomalarni bekor qilishni rejalashtirmoqda.



Fikrlar