
Konte - "Real" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte “Real” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 48 yoshli italiyalik mutaxassis o‘tgan hafta Zinedin Zidandan bo‘shagan lavozim uchun asosiy nomzod sifati e’tirof etilmoqla. “Qirollik klubi”ning Maurisio Pochettino (“Tottenxem”) borasida ishlari yurishmagach, ayni damda bor e’tibor aynan Kontega qaratilgan.
Ta’kidlash kerakki, Kontening “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan. Biroq, londonliklar omadsiz mavsumdan so‘ng uni jamoada ko‘rishni istashmayapti va Kontening boshqa klubga o‘tib ketishiga ham qarshi emas. Lekin, bu borada Konte “Chelsi” rahbariyatidan rasmiy murojaat olgani yo‘q va shu bois jamoadan ketish haqida birinchi bo‘lib o‘zi harakat qilmoqchi emas.
Fikrlar