Konte Italiya terma jamoasiga qaytish uchun "Chelsi"dan ketishga tayyor

  • 15 noyabr, 2017, 15:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte mavsum yakunlangach “aristokratlar” safidan ketmoqchi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 48 yoshli mutaxassis yana Italiya terma jamoasi boshqaruviga qaytishni rejalashtirmoqda. Eslatib o‘tish lozimki, Konte 2014 – 2016 yillarda “moviy gvardiya”ga boshchilik qilgan.

Ta’kidlash lozimki, Jampero Ventura bosh murabbiyligidagi Italiya terma jamoasi JCh-2018 saralashining pley-offida Shvetsiyaga (1:0, 0:0) imkoniyatni boy berdi va mundial yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!