
Konte uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi
“Chelsi”dan iste’foga chiqarilgach ishsiz yurgan murabbiy Antonio Konte uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi.
CalcioMercato nashrining xabar berishicha 49 yoshli mutaxassisga A Seriyada ishlari yurishmayotgan “Milan” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq u bilan Madridning “Real” klubi muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Milan” ayni damda chempionatning o‘tgan 9ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar