
Kovalev va Alvares revansh jangi 2 fevral kuni bo‘lib o‘tadi
Sergey Kovalev va Eleyder Alvares o‘rtasidagi jang 2 fevral kuni AQShda bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi ESPN nashri Top Rank kompaniyasi boshlig‘i Bob Arum so‘zlariga tayangan holda.
Jang Friskoda (Texas shtati) NFL “Dallas Kovboyz” Ford Center klubining mashg‘ulotlar arenasida bo‘lib o‘tadi.
Manbada yozilishicha, Top Rank Kovalevga qiziqish bildirayotgan Main Events bilan kelishuvga erishgan va ESPN telekanalida namoyish etiladi hamda ushbu boks kechasining asosiy jangi bo‘ladi. Avvalroq, Kovalevning janglari HBO telekanalida ko‘rsatilgan.
5 avgust kuni Amerikaning Atlantik-Siti shahrida Alvares Kovalevni texnik nokautga uchratib, chempionlik titulini qo‘lga kiritgan edi.
35 yoshli Kovalev professional ringda 32 g‘alaba (28 nokaut), bir durang va 3 mag‘lubiyat bor.
Fikrlar