Kovalevning keyingi raqibi engilmas Braun bo‘lishi mumkin
Amerikalik Markus Braun -90,71 kg vazn toifasida Butunjahon boks tashkiloti (WBO) va EvroOsiyo boks parlamenti (EPB) chempionlik kamarlari sohibi rossiyalik Sergey Kovalevning navbatdagi raqibi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Main Events promouterlik kompaniyasi boshlig‘i Keti Duva ma’lum qilgan.
Jang shu yil yozida bo‘lishi kutilmoqda.
– Biz Braun jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazyapmiz. Hozircha hech narsa tasdiqlani yo‘q, – deydi Duva.
Kovalev oldingi jangida hamyurti Igor Mixalkin bilan kuch sinashib, 7- raundda raqibini texnik nokautga uchratgan. Ayni damda Kovalev hisobida 32 g‘alaba (28 nokaut), 2 mag‘lubiyat va 1 durang mavjud.
Braun esa professional ringda 21 g‘alaba (16 nokaut) qayd etib, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

Fikrlar