Kreml kubogi. Istominning raqibi o‘zgardi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Denis Istomin Moskvadagi "Kreml kubogi"da o‘z yurishini boshlaydi.

Qur’a tashlash marosimida O‘zbekistonning birinchi  raketkasiga ilk davrada frantsiyalik Jeremi Shardi raqiblik qilishi ma’lum bo‘lgan edi, biroq, uning oyog‘idan olgan jarohati bois kortga tusha olmasligi aniq bo‘ldi.

Endi bugun Denisga saralash bosqichidan o‘ta olmagan latviyalik Richardas Berankis raqiblik qiladi. U "laki-luzer" (Luckey louser) qoidasi asosida asosiy to‘r bahslariga o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, Berankis o‘tgan yili Kreml kubogida finalga qadar etib borgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!