
Kuper Yaponiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan nega xafa emasligini tushungandekman... (FOTO)
Bugun Osiyo kubogi guruh bosqichining so‘nggi tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. Bugungi o‘yinlardan so‘ng nimchorak finalda to‘p suradigan barcha terma jamoalar nomi ham ma’lum bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, bugun O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga imkoniyatni boy berdi va guruhda ikkinchi o‘rinda qolib ketdi. Endi terma jamoamiz nimchorak finalda Avstraliyaga qarshi bahs yuritadi. Ammo, ushbu mag‘lubit terma jamoamiz ustozi Ektor Kuperni u qadar ham xafa qilmadi. U bu haqda xatto o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida ham aytib o‘tdi.
Musobaqa "setkasi"ga yaxshilab nazar solgach shuni tushunib etdimki, chindan ham yaponlardan uchralgan mag‘lubiyat xafa bo‘lishimizga arzimaydi. Xatto, bu bizning foydamizga ishlashi mumkin. Chunki, biz Avstraliya to‘sig‘idan o‘tib olsak, chorak finalda nisbatan osonroq raqibga duch kelishimiz mumkin. Aniqrog‘i, bu bosqichda biz BAA va Qirg‘iziston terma jamoalari juftligi g‘olibiga qarshi bahs yuritamiz.
Agar Yaponiyani yutgan taqdirimizda Saudiya Arabistoniga to‘qnash kelgan bo‘lardik. Ularni mag‘lub etganimizda esa yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan Iordaniya va Vietnam juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynardik. Yarim final yo‘lida esa Eron bizga to‘qnash kelishimiz mumkin edi.
Demak, Kuper bejizga xafa bo‘lishga hojat yo‘q deb aytmagan. Biz to‘g‘ri yo‘ldan boryapmiz.
Fikrlar
Алббата бизникилар бу сафар узгача футболни уларга ургатиб куйишади