
Kuperni jiddiy sinov kutmoqda yoxud noyabrda Janubiy Koreya bilan o‘ynaymiz
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kelasi yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishda davom etadi.
Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz sentyabr oyida Suriya va Eron, oktyabrda esa KXDR va Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi.
Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham unumli foydalanish maqsadida, O‘zbekiston MTJ uchun noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilinadi.
O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha 15 noyabr kuni vakillarimiz Livan terma jamoasiga qarshi, 20 noyabr kuni esa Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishadi. Har ikki uchrashuv Avstraliyaning Brisben shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi 2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar