Kuragi erga tegmagan polvonlar oltin medalga sazovor bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Toshkent shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Kamil Fatkulin sovrini uchun a’anaviy xalqaro turnir g‘oliblari nomi e’lon qilindi.

Beshincha marotaba tashkil etilgan ushbu musobaqada 2001-2002 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar 11 vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Bu galgi turnirda o‘zbekistonlik yosh polvonlar bilan bir qatorda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan 300 nafardan ziyod iste’dodli sportchilar o‘zaro bellashdi.

Ikki kun davom etgan musobaqada o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini enggan o‘zbekistonlik Akmal Hamroev, Abror Otaboev, Asilbek Ne’matov, Namol Abdullaev, Nurullo Yoo‘ldoshmahmudov, qozog‘istonlik Oybek Esmuratov, Madiyor Maulitkanov, Ersulton Bekbolat, Asilbek Janibekulu, tojikistonlik Habibjon Zuhurov, rossiyalik Ramazon Magomedov oltin medal bilan taqdirlandi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!