Kurtua Kontening "Real"ga kelishidan xavfsiramoqda

  • 26.10.2018 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua "Chelsi"dagi sobiq ustozi Antonio Kontening “qirollik klubi”ga kelishini istamayapti. Bu haqda El Pais nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra belgiyalik posbon italiyalik mutaxassis haqidagi fikrini jamoadoshlariga ochiqchasiga aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra u “Chelsi”dan aynan Konte sabab ketgan va “Real”da ham u bilan yana to‘qnash kelishdan cho‘chimoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq aynan Konte “Real”dan iste’foga chiqarilish deyarli aniq bo‘lgan Xulen Lopetegining o‘rniga asosiy nomzod sifatida tilga olinayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!