Kurtua: Navas bilan munosabatlarimiz juda yaxshi

  • 23 dekabr, 2018, 13:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real" Madrid darvozaboni Tibo Kurtua jamoaning boshqa bir posboni Keylor Navas bilan bo‘layotgan raqobat haqida gapirib o‘tdi.

“Men Chempionlar ligasini uch marotaba qo‘lga kiritgan boshqa futbolchilar qatori Keylorni ham hurmat qilaman.

Zaxirada o‘tirish hammaga ham yoqmaydi. Keylor ajoyib ishlayapti, men uni to‘g‘ri tushunaman. U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. “Real”ning barcha darvozabonlari bor kuchi bilan harakat qilishmoqda”, - deydi belgiyalik darvozabon.

Ma’lumot uchun, Kurtua joriy mavsum La Ligada 14ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 6tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!