
Kurtua: Simeone muxlislar e’tiborini tortish uchun "Real"ni tanqid qiladi
Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua "Atletiko"dagi sobiq ustozi Diego Simeonening u FIFA tomonidan “Yil darvozaboni” deb topilgach bildirgan tanqidlariga javob qaytardi. Eslatib o‘tish lozimki, argentinalik mutaxassis o‘shanda Kurtua faqatgina “Real”da to‘p surayotgani uchun ushbu mukofotga loyiq ko‘rilganini aytgan.
“Simeone muxlislar e’tiborini tortish uchun “Real”ni tanqid qiladi. U tez-tez “Real”ga hujum qilib turadi, chunki “Real” dunyoning eng zo‘r klubi.
Diego “Yil darvozaboni” mukofotini faqatgina “Real”da to‘p surayotganim sabab qo‘lga kiritganimni gapirdi. Ammo, jahon chempionati paytida men “Chelsi” a’zosi edim”, - deydi Kurtua.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” va “Real” ayni damda musobaqa jadvalida mos ravishda 2- va 3-o‘rinlarni egallab turishibdi.
Fikrlar