
La Liga. "Barselona" "Deportivo" maydonida chempionga aylandi
Kecha Ispaniya La Ligasining 35-turidan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, musobaqa peshqadami hisoblangan “Barselona” safarda “Deportivo” mexmoni bo‘ldi. Qiziqarli kechgan uchrashuv 2:4 hisobida kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
E’tiborlisi, ushbu g‘alaba “Barselona”ning muddatidan avval chempionga aylantirdi.
“Deportivo” – “Barselona” 2:4 (1:2, 1:2)
29 aprel «Riasor»
Gollar: 0:1 – 7 Koutino, 0:2 – 38 Messi, 1:2 – 40 Peres, 2:2 – 64 Cholak, 2:3 – 82 Messi, 2:4 – 85 Messi.
“Deportivo” – Martines, Albentosa, Luizinyu, Xuanfran, Sher, Cholak, Gilerme (Muntari, 83), Borxa Vale (Kartabiya, 86), Borxes (Andone, 86), Kron-Deli, Peres.
“Barselona” – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Umtiti, Rakitich (Inesta, 87), Buskets, Koutino (Paulino, 74), Dembele (Denis Suares, 68), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Sher (20), Nelson Semedu (58).
Fikrlar