
La Liga prezidenti: "Real"ning topayotgan daromadi Neymar uchun 400 mln evro to‘lashga ham etadi
Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas "Real"ning katta mablag‘ evaziga PSJdan Neymarni xarid qilishi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Men avval ham aytganman, “Real” Neymar uchun 400 mln evro to‘lamoqchi emas. Ammo, klubning ayni damda topayotgan daromadi ushbu transferni amalga oshirish imkonini beradi”, - deydi Tebas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “qirollik klubi” Neymar uchun PSJga 350 mln evro taklif qilishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar