
La Liga prezidenti: Ronalduning "Real"dan ketishi meni ortiq xavotirga solmaydi
Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Real”dan ketishi haqidagi xabarlarga nisbatan o‘z munosabatlarini bildirib o‘tdi.
“Ronaldu? Bu ajoyib tarix. Ammo u hozir ham “Madrid”da o‘ynashda davom etmoqda. Agar besh yil oldin mendan uning ketishi haqida so‘raganingizda, men bundan xavotirga tushgan bo‘lardim. Lekin hozir u qadar tashvishlanmayman. Chunki biz hozir chempionat va jamoalar brendi borasida ish olib boryapmiz”, - deydi Tebas.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli futbolchi “Liverpul”ga (3:1) qarshi bo‘lib o‘tgan EChL finalidan so‘ng jamoadan ketishiga ishora qilib o‘tgan edi.
Fikrlar