La Liga rahbariyatining rejasi amalga oshmasligi mumkin, chunki...
Ruandada FIFA kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra FIFA Ispaniya La Ligasi rahbariyatining chempionat o‘yinlarini okean ortida o‘tkazish bo‘yicha g‘oyasiga qarshi chiqqan. Ular kelgusi yilning 27 yanvar kuni AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Jirona” – “Barselona” uchrashuvini qo‘llab-quvvatlashmayapti.
Qayd etish lozimki, FIFA kodeksining 71-moddasiga ko‘ra har qanday xalqaro uchrashuvlar va musobaqalar tashkilot ruhsati bilan o‘tkazilishi lozim. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, agar FIFA ushbu o‘yinlarga ruhsat bermasa, La Liga rahbariyati o‘z rejalarini o‘zgartirishga majbur.
Fikrlar