La Liga to‘purari faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

  • 4 dekabr, 2018, 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning “Selta” klubi forvardi Yago Aspas faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Ispan nashrlarining yozishicha 31 yoshli futbolchiga premer-liganing kuchli oltilik jamoalari jiddiy qiziqib qolishgan. O‘z navbatida vigoliklar to‘purar hujumchisini 40 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Aspas uchun APL begona emas. Boisi, u 2013/14 yilgi mavsumda “Liverpul” sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, Aspas joriy mavsum “Selta” safida 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!