La Ligada navbatdagi iste’fo yuz berdi

  • 13 noyabr, 2018, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Selta" klubi o‘zining rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi Antonio Muhammadning iste’foga chiqarilgani haqida e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra La Liganing o‘tgan turida “Real”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng vigoliklar rahbariyati 48 yoshli argentinalik mutaxassisni o‘z lavozimidan ozod etishgan.

Aytish kerakki, Antonio Muhammad “Selta”ni joriy mavsum boshidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Endi uning o‘rnini portugaliyalik mutaxassis Migel Kardozu egalladi.

Ma’lumot uchun, “Selta” La Liganing o‘tgan 12 tur yakunlariga ko‘ra 14 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!