"Latsio" yozda Milinkovich-Savichni "Milan"ga ijaraga berishni istamagani ma’lum bo‘ldi

  • 24 noyabr, 2018, 16:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi yozda "Latsio" xavbeki Sergey Milinkovich-Savichni o‘z safiga qo‘shib olishga uringani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 23 yoshli serbiyalik futbolchini keyinchalik 90 mln evroga sotib olish huquqi bilan uni 30 mln evroga ijaraga olishni xohlagan. Biroq, rimliklar ushbu taklifga rad javobini berishgan.

Ma’lumot uchun, Milinkovich-Savich joriy mavsum “Latsio” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!