
Legionerlar: Bobur Davlatovdan samarali uzatma, Galiulin zaxirada qoldirildi
Rossiya birinchi divizioni 27-tur bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tur doirasida hamyurtimiz Bobur Davlatov to‘p surayotgan “Nefteximik” klubi o‘z maydonida “Volgar” jamoasini qabul qildi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv esa mezbonlar hisobiga 2:0 natijasi bilan yakunlandi. O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Davlatov esa 5-daqiqadayoq hisobni ochib jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Shuningdek ushbu tur doirasida Vagiz Galiulin to‘p suruvchi “Tosno” ham mehmonda “Enisey”ga qarshi bahs olib bordi va bu o‘yin ham hamyurtimiz jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Biroq, bu o‘yinda Galiulin zaxirada qoldirildi.
Fikrlar