
Legionerlarimiz. Bugun Server Jeparov jamoasi o‘ynaydi
Bugun Eron Pro ligasida 27-tur o‘yinlariga start beriladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov faoliyat olib boradigan “Sepaxon” jamoasi o‘z maydonida “Gustaresh Fulad”ni qabul qiladi.
Eronda mavsum nihoyasiga etmoqda va Jeparov jamoasi 4-o‘rin uchun kurash olib bormoqda. Raqib jamoa esa ayni turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
Mazkur bahs Toshkent vaqt bilan 19.30 da start oladi
Eron Pro ligasi. 27-tur
19.30 “Sepaxon” – “Gustaresh Fulad”
Fikrlar