
Legionerlarimiz. Ismoilov Tevesga imkoniyat qoldirmadi, biroq...
Bugun Xitoy Super Ligasida 20-tur o‘yinlariga start berildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov faoliyat olib boradigan “Changchun Yatay” jamoasi safarda “Shanxay Shenxua” klubiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu o‘yinda mehmonlar 1:1 hisobi qayd etildi.
Anzur o‘yinni odatdagidek, 90 daqiqa o‘tkazdi va mashhur hujumchi Karlos Tevesga o‘zining ishonchli harakatlari bilan hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Biroq o‘yin so‘nggida Kim Ki Xin muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Termamizning yana bir himoyachisi Egor Krimets faoliyat olib boradigan “Beyjing Guoan” esa o‘z maydonida “Shandun Luneng” bilan durang o‘ynadi – 2:2.
Krimets qaydnomaga ham kiritilmadi.
Xitoy Super Ligasi. 20-tur
“Shanxay Shenxua” – “Changchun Yatay” 1:1
Gollar: Kim Ki Xi(90+3) - Tan Long(12).
“Beyjing Guoan” – “Shandun Luneng” 2:2
Gollar: Demba Ba(25), Li Lei(31) – Gratsiano Pelle(14), Papis Sisse(45+3).
Fikrlar