
"Lester" - "Liverpul" bahsi APLning 4-turini boshlab beradi
Bugun "King Pauer Stedium"da bo‘ladigan "Lester" - "Liverpul" jamoalari to‘qnashuvi Angliya premer-ligasining 4-turini ochib beradi.
Uchrashuv haqida qiziqarli faktlar:
- "Lester" o‘z maydonida "Liverpul"ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 4ta o‘yindan 3tasida g‘alaba qozongan.
- Agar "Liverpul" bugun g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, u holda o‘z tarixida ilk bor APL startida ketma-ket 4 marta g‘alaba qozongan bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, mersisaydliklar so‘nggi bor 1990/91 yilda ushbu ishni uddalashgan. Biroq, u paytda musobaqa premer-liga ma’qomida emas edi.
- Agar "Liverpul" darvozaboni Alisson bugungi o‘yinda ham o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olsa, u holda APL tarixida mavsumning ilk 4ta uchrashuvida gol o‘tkazmagan 4-darvozabonga aylanadi.
"Lester Siti" – "Liverpul"
Stadion: "King Pauer Stedium" (Lester)
Boshlanish vaqti: 16:30
Bosh hakam: Pol Tirni
Taxminiy tarkiblar:
"Lester": Shmeyxel – Amarti, Morgan, Maguayr, Chiluell – Mendi, Ndidi – Gezzal, Meddison, Grey – Ixeanacho.
"Liverpul": Alisson – Gomes, Matip, van Deyk, Robertson – Milner, Keyta, Veynaldum – Mane, Salax, Firmino.
Fikrlar