
"Lester" futbolchisi mavsum yakunigacha safdan chiqdi
Angliyaning "Lester" klubi yarim himoyachisi Mark Olbrayton jarohati sabab mavsum yakunigacha safdan chiqdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli angliyalik futbolchi mashg‘ulotlar paytida jarohat oldi.
“Tizzasidan juda jiddiy jarohat oldi. Bu jamoamiz uchun nohush xabar bo‘ldi. Menimcha u mavsum yakuniga qadar maydonga tusha olmaydi”, - deydi “tulkilar” bosh murabbiyi Klod Pyuel.
Ma’lumot uchun, Olbrayton joriy mavsum “Lester” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar