
Liga–1. “Lion” 1 kishi ko‘p bo‘lib ham “Renn”ni mag‘lub eta olmadi
Frantsiya chempionati 31-turida “Lion” futbolchilari safarda “Renn” klubi mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 5-daqiqasidan boshlab “Lion” 1 kishi ko‘p bo‘lib harakat qilishiga qaramay, o‘yin 1:1 hisobida yakun topdi.
Renn – Lion 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 52 Korne, 1:1 – 81 Mubele.
Renn – Kostil, Mesher, Bensebayni, Danze, Nyanon, Andre, Prtsich, Gurkyuff, Shantom (Afonsu Figeyredu, 59), Amalfitano (Mubele, 44), So (Diakabi, 78).
Lion – Antoni Lopesh, Yanga-Mbiva, Morel, Rafael, Diakabi, Darder (Fekir, 79), Tuzar, Valbuena (Depay, 70), Tolisso, Korne, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Danze (60), Yanga-Mbiva (90).
Chetlatish: Bensebayni (5).
Fikrlar