"Lill" futbol klubining stadioni tennis kortiga aylantiriladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tennis olamida norasmiy jahon chempionati deya e’tirof etiluvchi "Devis kubogi"ning final bahsida Frantsiya va Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Ular o‘rtasidagi o‘yin Lill shahrida joylashgan "Per Morua" stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu arena o‘z bag‘riga 50 mingdan ziyod muxlisni sig‘dira oladi.

Eslatib o‘tamiz, "Per Morua" stadioni "Davis Cup" musobaqasining final o‘yiniga uchinchi marotaba mezbonlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!