
"Liverpul" yanvarda "Barselona" futbolchisini sotib olishi mumkin
“Barselona” yarim himoyachisi Usman Dembele qishki transferlar mavsumida jamoani tark etishi mumkin. Avval xabar berilganidek, katalon klubi futbolchining o‘yinlaridan norozi va uni yanvarda sotishni rejalashtirmoqda.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, bu imkoniyatdan “Liverpul” foydalanishga tayyor. “Qizillar” ustozi Yurgen Klopp shaxsan o‘zi shu transferga qiziqmoqda. Germaniyalik mutaxassis Dembeleni o‘z jamoasida anchadan beri ko‘rishni istab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum 21 yoshli yarim himoyachini kataloniyaliklar Dortmundning “Borussiya” jamoasidan xarid qilgan. O‘shanda transfer uchun “Barselona” 115 mln evro sarflagan.
Fikrlar