
"Liverpul"ning ikki nafar etakchisi ertaga "Tsrvena Zvezda"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi
"Liverpul" klubining ikki nafar asosiy tarkib futbolchisi - Jordan Xenderson va Nabi Keyta Chempionlar ligasining guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Tsrvena Zvezda"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda har ikkaoa futbolchi ham jarohatidan tiklanib ulgurishmagan. Biroq, Jorjino Veynaldum, Jeyms Milner hamda Sadio Manelar safga qaytishdi va ular ushbu o‘yinda jamoasiga yordam berishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, "Liverpul" - "Tsrvena Zvezda" jamoalari bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar