“Lokomotiv”ning OChLdagi raqibi 20 bahsdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda

  • 2 fevral, 2018, 22:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qatar Yulduzlar ligasida 15-tur o‘yinlari davom  ettirildi. Toshkentning “Lokomotiv” klubining OChL guruh bosqichidagi  raqibi – “Al-Duxail” klubi  safarda “Al-Axli”ga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur uchrashuvda mehmonlar safarda bo‘lishlariga qaramay, 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Qayd etish joiz, “Al-Duxail” chempionat bahslarida 20 bahsdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda.

Ma’lumot uchun, “Al-Duxail” – “Lokomotiv” o‘yini 6 martda, Toshkentdagi uchrashuv esa 12 mart sanasiga bo‘lib  o‘tadi.

Qatar Yulduzlar ligasi. 15-tur

“Al-Axli” – “Al-Duxail” 0:4.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!