Luis Suares: Pogbani “Barselona”da ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz

  • 5 sentabr, 2018, 06:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning kataloniyaliklar safiga qo‘shilishidan mamnun bo‘lishini ta’kidladi.

Tecno

“Pogba – yuqori toifadagi futbolchi. Unda ko‘plab sifatlar bor, u “Manchester Yunayted”ning etakchilaridan biri. U “Barselona”ga tegishli emas, ammo uni bu erda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz”, – dedi urugvaylik futbolchi.

Avvalroq “MYu” ustozi Joze Mourino va Pol Pogba o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘lgani va frantsiyalik futbolchi qishda “Yuventus”ga qaytib ketishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Pogba 2016 yili “Yuventus”dan 105 mln evro evaziga “MYu”ga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda frantsiyalik yarim himoyachi 4 o‘yinda 2 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!