Lyusen Favr: "Borussiya" Dortmund haqli g‘alabaga erishdi

  • 22 dekabr, 2018, 11:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr kecha Bundesliganing 17-turida “Borussiya” Myunxengladbax (2:1) ustidan qozonilgan muhim g‘alabadan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Biz haqli g‘alabaga erishdik. O‘yinni asosan biz nazorat qildik va raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni ko‘proq yaratdik. Shu bois tablodagi yakuniy hisob to‘liq adolatdan.

Bu o‘yinda uch ochko qo‘lga kiritganimiz yaxshi bo‘ldi va endi ta’tilga yaxshi kayfiyatda chiqib ketamiz”, - deydi Favr.

Ma’lumot uchun, kechagi g‘alabadan so‘ng dortmundliklar hisobidagi ochkolar soni 42taga etdi va ular ikkinchi pog‘onada borayotgan “Borussiya” Myunxengladbaxni naqd 9 ochkoga ortda qoldirishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!