MXL o‘z uchrashuvlarini Xitoyga ko‘chirishni mo‘ljallamoqda
Milliy Xokkey ligasi komissioneri o‘rinbosari Bill Deyli, MXL uchrashuvlarining muntazam ravishda Xitoyda o‘tkazilishi bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganib chiqilayotgani borasidagi fikrlarini bildirdi.
–Ayni paytda gap faqat mavsumoldi uchrashuvlarini o‘tkazish borasida ketmoqda, keyinchalik esa muntazam tarzda chempionat bihslarini ham tashkil etishimiz mumkin. Biz ushbu ishlarning keyingi yildan amalga oshirishning potentsial imkoniyatlari borasida bosh qotirmoqdamiz. Xitoyga amalga oshiriladigan tashrifdan so‘ng biz bu borada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin, – deydi Deyli Sports.yahoo.comga bergan intervyusida.

Qayd etish joiz, ameriklalik mutaxassisning bu masalada Xitoyga uyuushtrilidigan safari yanvar oyiga mo‘ljallangan.
Ma’lumot o‘rnida, Pekinning “Kunlun” jamoasi Kontinental xokkey ligasi ishtirokchisi hisoblanadi.
Manba: sports.ru

Fikrlar