
MYu 2011 yildan buyon ilk bor ketma-ket 3ta o‘yinda 12ta gol urdi
Xabaringiz bor bugun "Manchester Yunayted" APLning 20-turida "Bornmut"ni 4:1 hisobida engdi.
Eslatib o‘tish lozimki, MYu bundan avvalgi 2ta turda "Kardiff Siti" (5:1) va "Xaddersfild Taun" (3:1) jamoalarini ishonchli hisobda enggan edi. Shu tariqa Ule Gunnar-Sulsher boshchiligidagi jamoa premer-liganing qatorasiga 3ta o‘yinida raqiblari darvozasiga 12ta gol urdi. E’tiborlisi, bunday holat MYu tomonidan so‘nggi bor 2011 yilda qayd etilgan edi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” ayni damda 35 ochko bilan musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar