“MYu” “Chelsi”ga qarshi o‘yinda hujumchilaridan foydalana olmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Ueyn Runi jamoa mashg‘ulotlaridan birida jarohat olgan. U Fil Jons bilan to‘qnashib ketgan va noma’lum muddatga safdan chiqdi. Shu sabab u bugun Angliya kubogi 1/8 finalida “Chelsi”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Bu “qizil iblislar” hujum chizig‘idagi yagona muammo emas. Avvalroq Zlatan Ibragimovich uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi. Antoni Marsyal esa jarohat olgan. Markus Reshfordning ham sog‘lig‘ida muammo yuzaga kelgan.

ibrahimovic

Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino esa “Everton” bilan o‘yinda hujumda harakat qilgan Maruan Fellainini ushbu pozitsiyada yana bir marta sinab ko‘rmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" - "MYu" bahsi bugun tunda Toshkent vaqti bilan 00:45da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!