MYu Lukakuning o‘rniga 2ta nomzod topib qo‘ydi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati mavsum yakunlangach jamoaning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukakuni transferga qo‘ymoqchi va shu bois uning o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi.
Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” bu o‘ringa Mauro Ikardi ("Inter") va Paulo Dibala ("Yuventus") kabi hujumchilar nomzodini ko‘zlamoqda.
Ta’kidlash kerakki, Transfermarkt talqini bo‘yicha Ikardining transfer bahosi 100 mln evro, Dibalaniki esa 110 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar