MYu afsonasi va Useyn Bolt bitta jamoada to‘p suradi

  • 11 may, 2018, 17:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi sobiq futbolchisi Erik Kantona va yugurish bo‘yicha sakkiz karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt YuNISEF tomonidan tashkil etilayotgan xayriya turnirida “World XI” jamoasi sharafini himoya qiladi, deya xabar beradi Mirror nashri.

Tecno

Kantona va Bolt jamoasi raqibi Angliya terma jamoasi bo‘ladi. Bu jamoada qo‘shiqchi Robbi Uilyams, “Arsenal” sobiq darvozaboni Devid Simen va “Liverpul” sobiq hujumchisi Robbi Fauler to‘p suradi. Uchrashuv 10 iyun kuni “Manchester Yunayted” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Frantsiyalik futbolchi “MYu” safida 1992-1997 yillarda to‘p surgan va 82 golga mualliflik qilgan hamda 9 ta sovringa ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!