MYu futbolchisini Shotlandiya grandi o‘z safiga chorlamoqda

  • 17.01.2019 13:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Skott Maktominey faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 22 yoshli shotlandiyalik futbolchiga "Seltik"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Biroq, MYu uni sotishga shoshilmayapti. Boisi, mankuanliklar Maruan Fellainini transferga qo‘yishmoqchi. Agar belgiyalik futbolchi jamoani tark etsa, Maktomineyning “qizil iblislar”ga foydasi tegishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Maktominey joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 7 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!