
MYu muxlislari uchun yaxshi xabar: Bayi safga qaytdi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Erik Bayi jarohatidan batamom forig‘ bo‘lishga yaqin turibdi.
Ingliz nashrlarida yozishlaricha, ivuarlik futbolchi shu haftadayoq mashg‘ulotlarga qaytadi va kelgusi hafta EChL 1/8 final bosqichi doirasida Ispaniyaning “Sevilya” klubiga qarshi o‘tadigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Bayi 2017 yilning dekabr oyida operatsiya qilingan edi va 2-3 oy maydonga qaytmasligi aytilgan edi.
Fikrlar