
Engilmas bokschi Aleksandr Usikka "vyzov" tashladi
Og‘ir vaznda WBC International sobiq chempioni, 52 yoshli nigeriyalik Ayk Ibeabuchi (20-0, 15 KO) 24 avgustga o‘tar kechasi Las-Vegasdagi turnirda hamyurti Idris Afenni ustidan zafar quchib, professional boksga qaytdi.
Aykning raqibi uchinchi raunddan keyin bahsni davom ettirishdan bosh tortdi.
Qiziqarlisi, ushbu g‘alabadan so‘ng Ibeabuchi og‘ir vazn toifasida amadagi mutlaq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usikka murojaat qilib, uni jangga chorladi.
Ma’lumot uchun, nigeriyalik charm qo‘lqop ustasi oxirgi bor 1999 yilda ringga ko‘tarilib, amerikalik Kris Byordni beshinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar