Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi mag‘lubiyat haqida gapirdi

  • 24.08.2025 03:02
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2-turdagi "Tottenxem"ga qarshi (0:2) bahsdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi:

"O‘yinda ko‘p bor orqadan pas orqali chiqishlar va shaxsiy qamrov bo‘ldi, xuddi o‘tgan mavsumdagi "Brentford"ga qarshi uchrashuvdagi kabi. Biz boshqacha o‘ynashimiz kerak edi. Oddiy vaziyatlarda etarlicha ishlamayapmiz.

Men o‘yinchilardan qandaydir favqulodda narsa so‘ramaganman. Lekin bosim ostida oddiy holatlarda ham xatoga yo‘l qo‘ydik. Shu bilan birga, etarlicha imkoniyat yaratdik, ammo ularni golga aylantira olmadik. Bu futbol, shunday holatlar bo‘lib turadi.

Hali ikkinchi tur. "Vulverxempton"ga qarshi g‘alabadan keyin hammasi yaxshi, deyishdi. Lekin men bu faqat bir o‘yin, hali oldinda katta yo‘l borligini aytgandim.

Men jamoamiz qanday ishlayotganini bilaman. Ko‘p yaxshi jihatlar bor, ammo yanada takomillashishimiz zarur. Qadamma-qadam rivojlanib, yanada ko‘proq bog‘lanishlar o‘rnatamiz", – deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
24/08/2025 05:40
баттар бул! уйинчи туширишни билмаганингдан кейин юраверасан