MYu yozda "Fulxem"ning 18 yoshli futbolchisini sotib olmoqchi

  • 10 fevral, 2019, 16:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Fulxem" xavbeki Rayan Sesenonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Daily Express nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 18 yoshli angliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirishmoqda va buning uchun London klubiga 57 mln evro to‘lashga tayyor.

O‘z navbatida “Fulxem” rahbariyati ham Sesenon jamoada saqlab qolmoqchi. Biroq, agar u 2020 yilga qadar tuzilgan kelishuvni uzaytirishni istamasa rahbariyat uni sotib yuborishga majbur bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Sesenon joriy mavsum APLda jami 23ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!