Madinabonu Mannopova: Osiyo o‘yinlarida medal olish hammaga ham nasib etmaydi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kun dasturida terma jamoamiz a’zosi Madinabonu Mannopova taekvondo bahslarining -49 kilogramm vazn toifasida ishtirok etib, kumush medal qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor. Saytimiz ushbu sportchimiz bilan bog‘lanib, musobaqa taassurotlarihaqida fikr olishga muvaffaq bo‘ldi. 

Tecno

"Musobaqadagi natijamdan qoniqish hosil qildim. Chunki bunday musobaqada ishtirok etish, medal olish hammaga ham nasib etmaydi. Hali ancha yosh bo‘lsam ham kattalar o‘rtasida Osiyo o‘yinlarida ishtirok etib, kumush medal oldim. Bundan xursandman. Final bellashuviga kelsak, menimcha ozgina tajriba etishmadi. Tailandlik raqibim ancha kuchli, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarida shohsupaga ko‘tarilgan. Nasib qilsa, hali hammasi oldinda kelgusi Osiyo o‘yinlarida bu natijamni yanada yaxshilayman", – deydi sportchimiz. 

Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli taekvondochimiz hal qiluvchi bellashuvda tailandlik Panipak Vongpattanakitga imkoniyatni boy berib, terma jamoamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni taqdim qilgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!