Madridda bo‘ladigan Libertadores kubogi finaliga 500ga yaqin tajovuzkor muxlislarning tashrifi kutilmoqda

  • 08.12.2018 12:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

9 dekabr kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadigan “River Pleyt” – “Boka Xuniors” o‘rtasidagi Libertadores kubogi javob finaliga Argentinadan taxminan 400-500 taga yaqin o‘ta faol va tajovuzkor muxlislar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda ushbu final bahsi uchun har ikkala finalchi jamoalarga 10 mingdan 20 minta chipta taqdim etilgan. Ammo, Argentinadan ularni qo‘llab-quvvatlash uchun bor yo‘g‘i 10 ming muxlisning kelishi kutilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, tartibsizliklar sabab qoldirilgan ushbu final uchrashuvida yana shunday holat takrorlanmasligi uchun Madriddagi stadionda 4 mingga yaqin politsiya xodimi tartib saqlashga jalb etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “River Pleyt” – “Boka Xuniors” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!