Makgregor va Fergyuson o‘rtasida jang bo‘lishi mumkin

UFC prezidenti Dana Uayt so‘zlariga ko‘ra, irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Toni Fergyuson vaqtinchalik jahon chempionligi uchun kurash olib borishi mumkin.

Avvalroq Makgregor va Xabib Nurmagomedov o‘zaro to‘qnashuvdan keyin mushtlashuv uyushtirgani uchun diskvalifikatsiya qilingan edi. Rossiyalik sportchi esa jamoadoshlari Zubayra Tuxugov va Abubakar Nurmagomedovning chetlatilish muddati tugamagunga qadar jang qilmasligini ta’qidlab o‘tgan.

Yigitlar, shunchaki o‘tirib kuzatish ketmaydi. Kimdir kamarga egalik qilishi kerakku, – deya Uaytning so‘zlarini keltiradi MMAWeekly nashri. – Bunday bo‘lmasligi kerak. Agar Xabib shunday qiladigan bo‘lsa, biz nimadir o‘ylashimiz kerak. Fergyuson va Makgregor o‘zaro uchrashishi mumkin (vaqtinchalik chempionlik uchun – “SPORTS.uz”) yoki boshqa variantlar ham bor. Nima bo‘lishini tez orada bilib olamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!