Makkarti yana Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ish boshladi

  • 25 noyabr, 2018, 20:12
  • 0
  • Futbol

Irlandiyalik mashhur mutaxassis Mik Makkarti mamlakat milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda Irlandiya futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Makkarti Irlandiya terma jamoasi bilan 2020 yilning yozigacha shartnoma imzoladi. Endi u terma jamoani Evro-2020 saralashida boshqarib boradi.

Qayd etish lozimki, Makkarti bundan avval ham Irlandiya (1998-2002) terma jamoasini boshqargan. Aynan u terma jamoani 2002 yilgi jahon chempionatiga olib chiqqan edi.

Eslatib o‘tish lozimki bundan bir necha kun muqaddam Martin O′Nil ushba lavozimdan iste’foga chiqarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!