Maldini: "Milan" hali "Yuventus" darajasiga etmadi
"Milan" klubining strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha direktori Paolo Maldini “rossonerilar”ning kecha “Kalyari”ga (1:1) qarshi o‘tkazgan o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Yana avvalgi shonli davrga qaytish uchun “Milan”ning oldida uzoq yo‘l turibdi. Biz hali “Yuventus” bilan tengma-teng raqobatlasha olmaymiz. Jamoamiz hali yosh va biz kelajakka ijobiy qaraymiz. Yil boshida qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun jamoa hali ko‘p mehnat qilishi kerak”, - deydi Maldini.
Ma’lumot uchun, “Milan” A Seriyaning o‘tgan 4ta tur yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar