
"Manchester Siti" 35 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin
Angliyaning "Manchester Siti" klubi chililik darvozaboni Klaudio Bravo uzoq muddatga safdan chiqqach, uning o‘rniga erkin agent maqomida yurgan munosib darvozabon qidirishni davom ettirmoqda.
Globo Esporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” braziliyalik posbon Diego Kavaleriga qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni "Kristal Pelas" safida o‘tkazgan edi. Kavaleri faoliyati davomida shuningdek "Palmeyras", "Liverpul" va "Fluminense" klublarida ham to‘p surgan.
Fikrlar