“Manchester Siti” APLda rekord o‘rnatdi
“Manchester Siti” Angliya Premer-Ligasi 14-turidan o‘rin olgan “Sautgempton”ga qarshi bahsda 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, “shaharliklar” yangi rekord o‘rnatishdi. Gap shundaki, Xosep Gvardiola shogirdlari hisobidagi ochkolari soni 14 turdan so‘ng 40 ochkoni tashkil etadi va bunday hodisa so‘nggi bor 1960/1961 yilgi mavsumda “Tottenxem Xotspur” klubi tomonidan qayd etilgan edi.
Biroq o‘sha vaqtda g‘alabaga 3 ochko emas, balki, 2 ochkodan taqdim etilar edi.

Fikrlar